Huawei 1
Der Spiegel: Ukraina ilk bor Rossiya bilan achchiq murosalar ehtimolini ko‘rib chiqmoqda

Ukraina rasmiylari mojaroga barham berish ssenariysini muhokama qilmoqda, deya Der Spiegel ukrainalik yuqori martabali amaldorga tayanib xabar berdi.

Mazkur ssenariyga ko‘ra, mamlakat Rossiya armiyasi nazoratidagi hududlarni unga berishni ko‘rib chiqmoqda.

“Bizning g‘alaba Rossiyaning so‘zsiz taslim bo‘lishida deb hisoblaymiz. Ammo imtiyozlarsiz bu mumkin emas. Kelishuv, jumladan, Rossiya uchun ham foydali bo‘lishi kerak”, dedi Der Spiegel suhbatdoshi.

Rasmiyning ta’kidlashicha, AQSHning Ukrainani qo‘llab-quvvatlash darajasi “asta-sekin, lekin albatta pasayadi”. Uning so‘zlariga ko‘ra, Donald Tramp va Kamala Harrisdan qay biri saylovda g‘alaba qozonishidan qat’i nazar, bu sodir bo‘lishi aniq.

Ukraina rasmiy ravishda harbiy harakatlarni tugatish uchun hududni berishni rad etmoqda.

14-iyun kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainadagi mojaroni hal qilish bo‘yicha Qrim, DXR, LXR, Xerson va Zaporojye viloyatlarining Rossiya hududi sifatidagi maqomini tan olish, Ukrainaning qo‘shilmaslik va yadro qurolidan xoli maqomini mustahkamlash, uni demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish, shuningdek, Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilishni nazarda tutuvchi yangi tinchlik takliflarini ilgari surgan edi.

Financial Times nashri Ukraina rasmiylari G‘arb bilan suhbatda “xavfsizlik uchun yer” tamoyili bo‘yicha mumkin bo‘lgan muzokaralarga nisbatan pragmatik pozitsiyani egallay boshlagani haqida ma’lum qilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101404 | Инструменты