Huawei 1
Ispaniya chempionatida to‘p surayotgan eng qimmat futbolchilar e’lon qilindi

Transfermarkt Ispaniya chempionati (La Liga)da to‘p surayotgan eng qimmat futbolchilarni e’lon qildi.

Braziliyalik Vinisius Junior — La Liganing eng qimmat futbolchisi. Yangilangan reytingda 20 mln yevroga qimmatlagan Vinisiusning transfer narxi 200 mln yevroni tashkil etmoqda.

Shu tariqa Vinisius, Erling Holanddan so‘ng, narxi 200 mln yevroga chiqqan ikkinchi futbolchiga aylandi.

La Liganing eng qimmat futbolchilari (top-10)

  • Vinisius Junior — €200 mln (Real)
  • Jud Bellingem — €180 mln (Real)
  • Kilian Mbappe — $180 mln (Real)
  • Lamin Yamal — €150 mln (Barselona)
  • Federiko Valverde — €130 mln (Real)
  • Rodrigo — €110 mln (Real)
  • Orelen Tchuameni — €100 mln (Real)
  • Eduardo Kamavinga — €100 mln (Real)
  • Gavi — €90 mln (Barselona)
  • Pedri — €80 mln (Barselona)

Hozirda «Real Madrid» jahondagi eng qimmat tarkibga ega jamoa bo‘lib turibdi — 1,7 mlrd yevro.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101404 | Инструменты