Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida birinchi gastronomik festival va milliy taomlar yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir viloyat turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi, Surxondaryo viloyati hokimligi hamda hamkor tashkilotlar tomonidan tashkil etildi.
Ta'kidlash joizki, Surxondaryo viloyati o‘zining noyob taomlari va oshxonasi bilan gastronomik turizmni rivojlantirish uchun qulay hudud hisoblanadi. Boy tarix va madaniyati, betakror meʼmoriy va arxeologik yodgorliklari, soʻlim tabiati, shifobaxsh suvlariga ega boʻlgan voha butun dunyo sayyohlarida katta qiziqish uygʻotmoqda.
Misol uchun, joriy yilning oʼtgan davrida viloyatga 824 ming 500 nafar mahalliy, dunyoning 85 davlatidan 143 ming 900 nafar chet ellik sayyoh kelgan.
Bundan tashqari, "Oʼzbekiston boʼylab sayohat qiling" dasturi doirasida 777 ming 700 nafar surxondaryolik turistlar respublikaning turli hududlariga sayohatni amalga oshirdi.
Shuningdek, “Bolajon bo‘ki” istirohat bog‘i hududidagi ko‘chma sahnada ishtirokchilar tomonidan 20 dan ortiq turli noz-ne’matlar namoyish qilindi. Bundan tashqari, mahalliy hunarmandlar tomonidan viloyat hunarmandlarining mahsulotlari va esdalik sovg‘alari ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.Festivali yakuniga ko‘ra, “Eng yaxshi dasturxon bezatish” nominatsiyasida Sariosiyo tumani oshpazlari g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Qumqo‘rg‘on tumani ikkinchi, Muzrabot tumani esa uchinchi o‘rinni egalladi.
“Milliy taomlarning eng yaxshi turi” nominatsiyasida esa Boysun tumani oshpazlari birinchi, Termiz viloyati oshpazlari ikkinchi, Termiz shahri oshpazlari esa uchinchi o'ringa munosib ko'rildi.
Mavzuga doir:
Toshkentda buyuk qozoq adibi Abay ijodiga bagʻishlangan koʻrgazma ochildi
Samarqandda “Milliy merosga mening hissam!” aksiyasi doirasida ko‘rgazma tashkil etildi
Alpha version: 0.9.1.19 build 122817 | Инструменты