Mazkur festivalda MDH davlatlaridan mingdan ortiq vakillar ishtirok etishi kutilmoqda
2022-yil 11-avgust kuni Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida “Welcome to Bustanlik” xalqaro milliy taomlar festivali bo‘lib o‘tadi.
Tadbir Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Toshkent viloyati hokimligi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Shuningdek, festivalda “Milliy PR-markazi” DUK, Toshkent viloyati Turizm va madaniy meros boshqarmasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirliklari ko‘magida, “Amirsoy” dam olish maskani va boshqa tashkilotlar ham ishtirok etmoqda.
Mazkur festivalda 6 mingdan ortiq mehmonlar, jumladan, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Rossiya, Belarus va MDHning boshqa davlatlaridan mingdan ortiq vakillar ishtirok etishi kutilmoqda.
Ular orasida yetakchi oshpazlar, restavratorlar, umumiy ovqatlanish korxonalarining boshqaruv xodimlari va boshqalar bor.
Festival doirasida tanlovlar, milliy va xorijiy taomlarni tayyorlash bo‘yicha mahorat darslari, musiqiy jamoalarning chiqishlari va h.k. kutilmoqda.
Ushbu tashabbus Toshkent viloyatida gastronomik va turizmning boshqa turlarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tadbirning asosiy maqsadi O‘zbekistonda gastronomik turizmni rivojlantirish va ommalashtirish, shuningdek:- mamlakatlar o‘rtasida turizm sohasidagi hamkorlikni, o‘zaro ishonch, hamjihatlik va yaxshi qo‘shnichilik aloqalarini mustahkamlash, tinchlik va xavfsizlikni saqlash, tabiiy obyektlarni asrab-avaylash va saqlash, O‘zbekistonning turizm salohiyatini targ‘ib qilish.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120420 | Инструменты