Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi Yakkasaroy tumani Yusuf Xos Hojib ko‘chasi, 28-uy manzilida olib borilayotgan qurilish ishlarini to‘xtatdi. Da’vo arizasi O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tashabbusi bilan Madaniy meros agentligi tomonidan O‘zbekiston amaliy san’at muzeyiga tahdid solayotgan qonunbuzarliklar sababli kiritildi.
Muzey muhim madaniy meros obyekti va Toshkent modernizmining diqqatga molik namunasi hisoblanadi. Shu singari maskanlarni muhofaza qilish nafaqat tarixni, balki shaharning me’moriy qiyofasini saqlab qolish uchun ham muhimdir.
Alpha version: 0.9.1.19 build 30917 | Инструменты