Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufidagi "Chotqol" davlat biosfera qo‘riqxonasiga tutash 32 859,89 gektar hamda "Oqtog‘-Tomdi" davlat qo‘riqxonasiga tutash 28 500 gektar hududda ularning qo‘riqlanma zonalari belgilandi.
Bu O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-martdagi 142-sonli Qarorida belgilab qo‘yilgan.
Bu O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-martdagi 142-sonli Qarorida belgilab qo‘yilgan.
Unga ko‘ra, Namangan viloyatidagi Pop ixtisoslashtirilgan o‘rmon xo‘jaligi (766,53 gektar), Toshkent viloyatidagi Ohangaron davlat o‘rmon xo‘jaligi (8101,85 gektar), Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi Burchmulla davlat o‘rmon xo‘jaligi (23 991,51 gektar) hududlari "Chotqol" davlat biosfera qo‘riqxonasining qo‘riqlanma zonasiga kiritildi.
"Oqtog‘-Tomdi" davlat qo‘riqxonasining qo‘riqlanma zonasi esa Navoiy viloyati Tomdi tumanidagi Tomdi davlat o‘rmon xo‘jaligi (6200 gektar) va Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi (22 300 gektar) hududidan iborat bo‘ldi.
Bu qaror davlat qo‘riqxonalari hududidagi tabiiy majmualarga xo‘jalik faoliyati salbiy ta'sirining oldini olish, noyob hamda yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan o‘simlik va hayvonlar turlarini saqlab qolish hamda ko‘paytirish, bioxilma-xillikni asrashga xizmat qiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 30918 | Инструменты