Huawei 1
Yangiyo‘lda ko‘prikning bir qismi qulab tushdi

8 mart kuni Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida joylashgan ko‘prikning bir qismi qulab tushdi. Bu haqda viloyat IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Yangiyo‘l tumani hududidan o‘tgan D022 “Nurafshon- Oqqo‘rg‘on-Yangiyo‘l” avtomobil yo‘lining 58-kilometrida joylashgan ko‘prikning bir qismi o‘pirilib tushgan.

“Ushbu shikastlanish vaqtida ko‘prikda fuqorolar va transport vositalari bo‘lmagan”, deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinishicha, hozirda ko‘prik tegishli tashkilotlar va Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, harakat ishtirokchilarini xavfsiz harakatlanishi uchun choralar ko‘rilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31000 | Инструменты