AQSH 2025-yildan keyin Yevropada bo‘lajak harbiy mashg‘ulotlarni rejalashtirishda ishtirok etishni to‘xtatish niyati haqida ittifoqchilarini xabardor qilgan bo‘lishi mumkin, deb yozadi Expressen o‘z manbalariga tayanib.
Qo‘shma Shtatlarning harbiy mashg‘ulotlarni muzlatishi 2025-yilda o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarga taalluqli emas.
Agar bu bayonot tasdiqlansa, NATO davlatlari o‘quv mashg‘ulotlarini AQSH ishtirokisiz yoki faqat kichik amerikalik bo‘linmalar bilan rejalashtirishga majbur bo‘ladi.
Shvetsiya armiyasining sobiq podpolkovnigi Ioakim Paasikivi fikricha, qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarning bekor qilinishi harbiylar o‘rtasidagi o‘zaro tushunishga va qo‘shma harbiy harakatlarning samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Expressen’ning qayd etishicha, Amerika tomoni Yevropadagi harbiy xarajatlarni qisqartirish va kontingentini boshqa joyga, ehtimol Hind-Tinch okeani mintaqasiga joylashtirishni xohlaydi.
Biroq Shvetsiya qurolli kuchlari matbuot kotibi Sofiya Kalmeborg Amerikaning Yevropa bilan keyingi qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarda qatnashishdan bosh tortgani haqidagi maʼlumotni hali tasdiqlamagan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 31000 | Инструменты