Huawei 1
2024-yilda Oʻzbekistonda elektron xizmatlar koʻrsatuvchi xorijiy kompaniyalar qariyb 116 mlrd soʻm soliq toʻladi

O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 63 ta xorijiy kompaniya tomonidan 2024-yilda 115,8 mlrd soʻm soliq toʻlangan. Bu 2023-yilga nisbatan 1,5 barobar ko‘p.

To’langan soliqlarning 99,9 %i elektron xizmatlar koʻrsatuvchi quyidagi 10 ta xorijiy kompaniyalar hissasiga to‘g‘ri keladi:

- Meta - 41,7 mlrd so'm;

- Google - 29 mlrd so'm;

- Apple - 27,3 mlrd so'm;

- Amazon - 4,1 mlrd so'm;

- Booking.соm - 3,6 mlrd so'm;

- Netflix - 1,4 mlrd so'm;

- Zoom - 1,4 mlrd so'm;

- Acca - 1,2 mlrd so'm;

- Xsolla - 966,7 mln so'm;

- TikTok - 903 mln so'm.

Infografika: Soliq qo'mitasi

Ma'lumot o'rnida, elektron xizmatlar koʻrsatuvchi chet el yuridik shaxslari o‘tgan chorakdan keyingi oyning 20-kunidan kechiktirmay soliq hisobotlarini taqdim etadi va soliqlarni to‘laydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 13013 | Инструменты