Huawei 1
2024-yilda O'zbekistonga qancha yengil avtomobil import qilingani ma'lum bo'ldi

2024-yilning yanvar-dekabr oylarida O‘zbekistonga xorijdan qiymati 1,28 mlrd AQSH dollariga teng bo‘lgan 74,7 ming dona (elektromobillarni qo‘shgan holda) yengil avtomobil import qilingan. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.

O‘zbekistonga 2024-yilda eng ko‘p yengil avtomobil import qilgan davlatlar:

Xitoy – 61 ming dona;

Koreya – 11,9 ming dona;

AQSH – 639 dona;

Hindiston – 577 dona;

Yaponiya – 168 dona;

Boshqa davlatlar – 374 dona.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin 2024-yilda O'zbekistonda qancha avtomobil ishlab chiqarilgani haqida xabar bergan edik. Unga ko'ra, avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2024-yilning yanvar-dekabr oylarida yirik korxonalar tomonidan 424 808 dona har xil turdagi yengil avtomobillar ishlab chiqarilgan. Shuningdek, 2024-yilda elektr va gibrid avtomobillar importi birinchi marta benzinli avtomobillardan oshib ketdi

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51008 | Инструменты