O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari dunyo brokkoli va gulkaram bozoridagi bugungi holatni va O‘zbekistonning bu yo‘nalishdagi salohiyatini o‘rgandi.
2023-yilda dunyo gulkaram va brokkoli bozorining hajmi 1,8 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. So‘nggi 5 yil ichida bozorning o‘rtacha yillik o‘sishi 7,9 foizni tashkil qildi.
Dunyoda ushbu mahsulotlarni eng ko‘p import qiluvchi mamlakatlar bular: Buyuk Britaniya (2023-yilda dunyo importidagi ulushi 17,1 foiz), Kanada (14,2 foiz), Germaniya (8,6 foiz), AQSh (6,6 foiz) va Fransiya (4,8 foiz).
Gulkaram va brokkoli yangi meva va sabzavotlar segmentida O‘zbekistonning eng tez o‘sib borayotgan eksport mahsulotlaridan biri hisoblanadi.
Oxirgi 3 yilda O‘zbekistondan gulkaram va brokkoli eksporti fizik ko‘rinishda 2,8 barobarga, qiymati bo‘yicha esa 3,8 barobarga (4,6 million dollardan 17,6 million AQSh dollargacha) oshdi.
O‘zbekistondan gulkaram va brokkoli asosan uchta davlat – Rossiya, Qozog‘iston va Qirg‘izistonga jo'natiladi. Ushbu mahsulotlarning umumiy eksporti hajmida mazkur uchta mamlakat ulushi 96 foizdan ortadi.
2023/2024-yilgi eksport mavsumi ma’lumotlarini tahlil qilish asosida shuni aytish mumkinki, BAA hozirgi eksport geografiyasidagi eng daromadli bozor bo‘lib, u erda narx butun eksport o'rtacha narxidan 3 baravar yuqori, ammo etkazib berish umumiy eksportning atigi 1,3 foizini tashkil qilgan.
Ushbu mahsulotlarni O‘zbekistondan eksport qilishni ko‘paytirishning istiqbolli yo‘nalishlari qatorida Vyetnam, Mo‘g‘uliston bor. So‘nggi 5 yil ichida Mo‘g‘uliston gulkaram va brokkoli importini qiymat jihatidan 14 barobar, Vyetnam 13,9 barobarga oshirdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111922 | Инструменты