KXDR – O‘zbekiston (0:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida bosh murabbiy Srechko Katanes va o‘yin qahramonlaridan biri O‘tkir Yusupov ishtirok etdi.
«O‘yindan qoniqdik. Uch ochkoni keltirganimizdan xursandman. Hamma borini berib o‘ynadi. Bir kun oldin gaplashgandik – taktika-paktikani yig‘ishtirib, hamma borini berib, yurakdan o‘ynasa, yutamiz deb kelishgandik. Ko‘rdinglar, hamma maydonda borini berdi», - deydi O‘tkir Yusupov.
Maʼlumot uchun, KXDRga qarshi Toshkentdagi o‘yinda ham darvozabon penaltini qaytarib jamoamizning g‘alabasiga hissa qo‘shgandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111922 | Инструменты