Huawei 1
Yil boshidan buyon dorixonalar 7 mlrd so‘m mablag‘ni asossiz olgani aniqlandi

Raqobat qo‘mitasining “Fair tech” yagona axborot tizimi orqali kelib tushgan xabarlar o‘rganilganda joriy yilning o‘tgan davri mobaynida jami 878 ta (295 ta ulgurji va 583 ta chakana) dorixonalar tomonidan jami 107 773 ta holatda isteʼmolchilardan 7 mlrd so‘mdan ortiq pul mablag‘lari ortiqcha olinganligi aniqlanib, belgilangan tartibda isteʼmolchilarga qaytarish choralari ko‘rildi. 

Xususan, 405 ta (162 ta ulgurji va 243 ta chakana) dorixonalar tomonidan dori vositalariga belgilangan narxlarni oshirib qo‘llash natijasida 58 318 ta holatda  jami 2 mlrd so‘mga yaqin olingan asossiz pul mablag‘lari isteʼmolchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilinib, isteʼmolchilarning nomuayyan doirasi huquqlari tiklash choralari ham ko‘rilgan.

Bundan tashqari, dori vositalarining narxlarini oshirilishi yuzasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri fuqarolardan 800 dan ortiq murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ularni ko‘rib chiqish natijasida 100 mln so‘mga yaqin pul mablag‘lari isteʼmolchilarga qaytarilishi taʼminlangan. 

Maʼlumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2647-son qaroriga muvofiq, Raqobat qo‘mitasiga dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini belgilangan ulgurji va chakana narxlariga rioya etilishini nazorat qilish vazifasi yuklatilgan.

Vazirlar Mahkamasining 185-son qaroriga ko‘ra, ulgurji 15 foizdan, chakana 20 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorlarda savdo ustamalari qo‘llanish belgilangan.

Adliya vazirligidan 10.06.2020-yilda 3242-raqami bilan ro‘yxatdan o‘tgan Nizomga ko‘ra, referent narx shakllantirish tizimi doirasida dori vositalari narxlarini qayd etish tartibi tasdiqlangan.

Vazirlar Mahkamasining 80-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga ko‘ra, dori vositalari va tibbiy buyumlarning narxini davlat tomonidan tartibga solishning belgilangan tartibiga rioya qilmaslik litsenziya talablarini (chakana uchun qo‘pol ravishda) buzish hisoblanadi va bu esa vakolatli organ tomonidan Sudga kiritilgan taqdirda dorixonaning litsenziyasini bekor bo‘lishiga olib kelishi mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111922 | Инструменты