Huawei 1
Joriy yil boshidan soliq huquqbuzarliklari haqida 72 mingdan ortiq murojaat yo‘llangan

2024-yil yanvar-sentabr oylarida “Soliq” mobil ilovasining “Soliq hamkor” tizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida 72 517 ta murojaat kelib tushgan.

Shundan:

- 66 016 tasi xarid cheki bermaslik;
- 3 352 tasi toʻlovni plastik karta orqali qabul qilmaslik;
- 156 tasi plastik karta uchun xarid summasini oshirish;
- 2 993 tasi boshqa turdagi huquqbuzarlik holatlari boʻyicha.

Murojaatlarning 39 757 tasi takroriy boʻlganligi yoki shikoyat kelib tushgan tadbirkorlik subyektida tekshiruv davom etayotganligi sababli ko‘rib chiqilmagan.

Murojaatlar asosida 26 400 ta sayyor soliq tekshiruvi oʻtkazilib, 99,1 % holatda huquqbuzarlik tasdiqlangan.

Huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha xabar bergan fuqarolarga 25 870 ta holat boʻyicha (undirilgan jarima summasidan 20%) 17,2 mlrd soʻm mukofot to‘langan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101702 | Инструменты