Huawei 1
16-oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan muhim voqealar dayjesti

O‘zbekistonda yangi zavod qurishga 100 million dollar investitsiya kiritilmoqda

Korxonaning quvvati yiliga 1,5 milliard bankadan oshadi. 200 dan ortiq yangi yuqori malakali ish o'rinlari yaratiladi. Zavod 2025-yilning kuzida ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Joriy yil boshidan soliq huquqbuzarliklari haqida 72 mingdan ortiq murojaat yo‘llangan

2024-yil yanvar-sentabr oylarida “Soliq” mobil ilovasining “Soliq hamkor” tizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida 72 517 ta murojaat kelib tushgan.

O‘zbekiston ochlik darajasi eng past bo‘lgan davlatlar qatoriga kirdi

Global ochlik indeksining (Glodal Hunger Index) yangilangan reytingida O‘zbekiston birinchi o‘rinda qayd etilgan 22 davlat orasidan joy egalladi.

Yaqin kunlarda “Qoʻngʻirot-Beynau” yoʻnalishidagi 240 kilometr yoʻl foydalanishga topshiriladi

Shavkat Mirziyoyev yo‘l xo‘jaligi sohasida qilingan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalarga oid taqdimot bilan tanishdi. Ta'kidlanishicha, Guliston – Andijon, Dushanbe – Termiz, Buxoro – Turkmanboshi, Urganch – Hazorasp yoʻllarining muayyan qismlari qayta quriladi.

SSV tibbiyot sohasidagi korrupsion holatlar bo‘yicha xabar berishni so‘radi

Vazirlik qoshida manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiya holatlari bo‘yicha tezkor xabar berish, xato-kamchiliklarning o‘z vaqtida oldini olish va ularni bartaraf etish maqsadida respublika bo‘yicha yagona 1203 raqamli ishonch telefoni faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Rossiya armiyasiga yollanayotgan barcha O‘zbekiston fuqarolari istisnosiz jinoiy javobgarlikka tortiladi

O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi fuqarolikdan chiqarishga doir prezident farmoni qabul qilingunga qadar, o‘zbekistonliklarning xorijiy davlat fuqaroligi e’tirof etilmasligini bildirdi.

O‘zbekiston terma jamoasi noyabr oyida FIFA reytingida uch pog‘ona ko‘tariladi

O‘zbekiston terma jamoasining Eron va BAAga qarshi ijobiy natijalari FIFA reytingiga o‘z taʼsirini ko‘rsatadi.

Toshkentda isitish tizimi qachon yoqilishi maʼlum bo‘ldi

Veolia Energy Tashkent issiqlik taʼminoti kompaniyasi poytaxtda isitish mavsumi qanday sharoitlarda boshlanishi haqida maʼlumot berdi.

Sentyabr oyida yengil avtomobillar savdosi 25,5%ga kamaydi

Hududlar bo‘yicha yengil avtomobillar savdosi shuni ko‘rsatadiki, sentyabr oyida eng katta pasayish Andijon – 9,1%, Qashqadaryo – 7,9% va Toshkent – 7,7% viloyatlarida qayd etilgan.

Oktyabrda xorijda qarovsiz qolgan 11 bola O‘zbekistonga olib kelindi

Ichki ishlar vazirligi xodimlari ko‘magida O‘zbekistonga xorijda ota-ona qaramog‘isiz qolgan 3 nafar bola olib kelindi. Ulardan bir nafari Rossiyadan, qolgan ikki nafari esa Xitoy hududidan keltirildi.

O‘zbekiston ilk bor voleybol bo'yicha jahon chempionatiga mezbonlik qiladi

2025-yil 19 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi Jahon chempionati Toshkent shahrida o‘tkaziladi. Dunyo birinchiligida O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi.

Raqamli markirovkalangan mahsulotlar soni 110 mingdan oshdi

2024-yilning 1-oktabr holatiga Markirovkalangan mahsulotlar milliy katalogiga 110 897 nomdagi mahsulotlar kiritildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101623 | Инструменты