Huawei 1
O‘zbekiston yanvar oyida xorijga 620,3 ming dollarga teng bo‘lgan 405,1 tonna anor eksport qilgan

Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2025 yilning yanvar oyida xorijga qiymati 620,3 ming AQSH dollariga teng bo‘lgan 405,1 tonna anor eksport qilgan. Bunda O‘zbekiston eng ko'p Rossiya, Qozog‘iston va Tojikistonga anor eksport qilgan.

O‘zbekiston 2025 yil yanvar oyida eng ko‘p anor eksport qilgan davlatlar:

  • Rossiya – 269,2 tonna
  • Qozog‘iston – 63,7 tonna
  • Tojikiston – 41,1 tonna
  • Qirg‘iz R. – 31,3 tonna
  • BAA – 0,16 tonna

Avvalroq, O‘zbekiston bir yilda xorijga 5 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 4 783 tonna anor eksport qilgani xabar qilingandi.

Eslatib o'tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024-yilning oktabr oyi oxirida o'tkazilgan yig'ilishda mutasaddilarga Angrenda anor sharbati ishlab chiqarishni boshlash topshirilgandi.

Ma'lumot uchun, 2024-yil yanvar-dekabr oylarida 1,5 mlrd AQSh dollari qiymatidagi 2 mln tonna meva-sabzavot eksport qilingan. Bunda O‘zbekiston eng ko'p Rossiya, Qozog‘iston va Qirg'izistonga meva-sabzavot eksport qilgan. 

Maqola muallifi: Malika Norboyeva

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 30401 | Инструменты