Oʻzsanoatqurilishbank “Eng barqaror tashkilot” deya eʼtirof etildi
Oʻzsanoatqurilishbank “Yilning eng yaxshi ish beruvchisi” tanlovida “Eng barqaror tashkilot” nominatsiyasi boʻyicha mutlaq gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
Taʼkidlash joiz, har yili xalqaro ekspertlar ishtirokida Oʻzbekistonda eng munosib ish beruvchilar faoliyati oʻrganilib, gʻoliblarga “DaVinchi” mukofoti topshiriladi.
Xodimlarni boshqarish (HR) yoʻnalishiga ixtisoslashgan “Davinchi Management Consulting” professional kompaniyasi tomonidan tashkil etiladigan tanlov mahalliy, xalqaro va davlat korxonalari toifalariga boʻlingan holda oʻtkaziladi.
Joriy yilda Oʻzsanoatqurilishbank “Eng barqaror tashkilot” deya eʼlon qilindi.
Bunda Bank tizimida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli transformatsiya ishlari, xususan, HR sohasida joriy qilingan yangi standartlar, xodimlar, ularning farzandlari va ota-onalari uchun tashkil etilayotgan ijtimoiy hamda motivatsion ruhdagi loyihalar koʻlami, shuningdek, muassasaning 100-yillik barqaror rivojlanish odimlari eʼtirof etildi.
Reklama huquqi asosida
Alpha version: 0.9.1.19 build 121119 | Инструменты