Shuningdek, bu yil "Ayollar biznesi uchun birinchi qadam" tanlovi uchun 10 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi
Startap loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha 2019-2022-yillar mobaynida 10 ta tanlov e’lon qilindi. Tanlovlarda har bir startap loyihasi 6 bosqichli saralashdan o‘tkaziladi. Shu kunga qadar tanlovlarga ikki mingga yaqin ariza kelib tushgan.
2019-2022-yillar davomida jami hisobda, 104 mlrd so‘mlik 155 ta startap loyiha moliyalashtirilgan. Startap loyihalarni moliyalashtirilishi natijadasida jami 1 279 ta yangi ish o‘rni yaratildi.
Jumladan, Yosh olimlar va tashabbuskorlarning innovatsion g‘oyalari va startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida vazirlikning Yoshlar akademiyasi 2019-2022 yillar mobaynida 9 ta tanlov tashkil qilib, jami qiymati 35 mlrd so‘mlik 208 ta loyiha moliyalashtirilgan.
Iqtidorli va iste’dodli xotin-qizlar, ayollar va yosh olimalarning innovasion faoliyati natijalari va tashabbuslarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy izlanishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berish hamda salohiyatli yoshlarni ilm-fanga keng jalb etish maqsadida “Bo‘lajak olim” tanlovi doirasida “Ayollar biznesi uchun birinchi qadam” tanloviga e’lon berildi. Mazkur tanlovni tashkil etish uchun Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan 10 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi.
2022-yil birinchi yarim yilligiga ko‘ra jami 12,9 mlrd so‘mlik 16 ta startap loyihalar moliyalashtirilgan. Bu esa o‘z navbatida 2021-yilning birinchi yarim yilligiga nisbatan 177,7 foizga ko‘p startap loyihalar qo‘llab-quvvatlanganini bildiradi.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin O‘zbekistonda xalqaro darajadagi innovatsion ijtimoiy tarmoq yaratish maqsadida “startap” loyihalar tanlovini e’lon qilingani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 101307 | Инструменты