Huawei 1
O'zbekistonda ishbilarmonlik faolligi indeksi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7 foizga o‘sgan

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan baholangan Ishbilarmonlik faolligi indeksi (IFI) 2024 yil may oyida 1022 birlikni tashkil etib, aprel oyiga nisbatan 2,2 foizga moʻtadil oshgan. Shu bilan birga, ishbilarmonlik faolligi indeksi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7 foizlik o‘sish kuzatildi.

Komponentlar darajasida quyidagi o‘zgarishlar bo‘lgan.

2024-yilning may oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi o‘tgan oyga nisbatan 2,2 foizga moʻtadil oshib, 1022 birlikni tashkil etishi, quyidagi komponentlar darajasidagi o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lgan:

- xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqalaridagi opreatsiyalar soni 5,6 foizga oshgan;

- faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar bo‘yicha komponent 3,7 foizga kamaygan;

- tovar-xom ashyo birjasida xom ashyo sotib olish jadalligi 0,5 foizga oshgan;

- tovar belgilari bo‘yicha komponent 29,8 foizga oshgan.

Hududlar kesimida Toshkent shahrida eng yuqori o‘sish surʼati qayd etilgan.

2024 yil may oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi 8 ta hududda o‘tgan oyga (aprel) nisbatan o‘sish kuzatilgan. Toshkent shahri (52,5%), Navoiy (44,2%), Samarqand (7,2%), Buxoro (6,1%) viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (8,1%) sezilarli darajada o‘sish kuzatilgan. 

Shu bilan birga, ushbu indeks 6 ta hududda pasaygan. Xususan, Jizzax (- 10,0%), Surxondaryo (- 6,7%) va Xorazm (- 6,7%) viloyatlarida sezilarli darajada pasayish kuzatilgan.

Bank hisob varaqalari bo'yicha operatsiyalar

2024 yil may oyida banklararo to‘lov operatsiyalari soni 7 109,2 mingtani tashkil etdi va 2024 yilning aprel oyiga nisbatan 374,7 ming tranzaksiyaga (5,6%) oshgan.

Banklararo to‘lov operatsiyalari soni 10 ta hududda oshgan.

2024-yil may oyida respublikaning 10 ta hududida yuridik shaxslar o‘rtasidagi bank operatsiyalari soni o‘tgan oyga nisbatan oshgan. Xususan, Surxondaryo (7,6%), Namangan (5,4%), Qashqadaryo (5,2%), Jizzax (4,7%) viloyatlarida va Toshkent shahrida (6,7%) sezilarli o‘sish kuzatilgan.

Tovar-xom ashyo birjasidagi faollik

2024-yilning may oyida IFIning birja komponenti 1,0050 birlikni tashkil etdi. Bu esa, ushbu komponentning o‘tgan oyga nisbatan 0,5 foizga oshganligini anglatib, har bir bitim bo‘yicha sotib olingan tovarlar o‘rtacha hajmining 6,2 foizga oshganligi bilan izohlanadi. Biroq, bitimlar soni 5,2 foizga kamaygan.

Respublika tovar-xom ashyo birjasida tovarlar savdosi umumiy aylanmasi hajmi 2024 yil may oyida 6 745,1 mlrd. so‘mni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan 3,8 foizga kamaygan.

Xo'jalik yurituvchi subyektlarning faolligi 

Faoliyat yuritayotgan xo‘jalik subyektlari bo‘yicha komponent 2024 yil may oyida 0,9629 birlikni tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 3,7 foizga kamayganligini ko‘rsatadi. Bundan tashqari ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ham 3,8 foizga moʻtadil darajada kamaygan.

2024 yil may oyida barcha turdagi faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar soni 2023 yilning may oyiga (496 302 birlik) nisbatan 7 236 birlikka kamayib, 489 066 birlikni tashkil etgan.

Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi korxonalar soni 429 taga kamaygan.

Hisobot davrida, kichik korxonalar soni 400 491 tadan 395 364 tagacha kamaygan (kamayish 5 127 ta). Shuningdek, fermer xo‘jaliklari soni 91 547 tadan 89 867 tagacha (1 680 ta) kamaygan. Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan subyektlar soni 3 835 tani tashkil etib, 2024 yilning may oyiga nisbatan 429 taga kamaygan.

Brendlarni ro'yxatga olish 

2024 yil may oyida savdo belgilari muhofazasi bo‘yicha indeks 1,2983 birlikni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich 2024 yilning may oyiga nisbatan 29,8 foizga oshgan. Joriy yilning may oyida yuridik shaxslar tomonidan 383 ta tovar belgilari va tovar nomlari ro‘yxatga olingan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92821 | Инструменты