Huawei 1
O'zbekistonda "Lacetti" ishlab chiqarish 1-2 yil ichida to‘xtatiladi

O'zbekistonda "Lacetti" ishlab chiqarish 1-2 yil ichida to‘xtatiladi. Bu haqda "O‘zavtosanoat" boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Behzod Xoliqov ma’lum qilgan.

"1-2 yilda "Lacetti"ni ham konveyerdan olib tashlaymiz, chunki bular eskirishni boshlagan. Ma’nan eskirgan. Uning o‘rniga mana "Onix" va "Tracker"lar kirib keldi", — degan u.

Avvalroq berilgan rasmiy bayonotga ko‘ra, kompaniya shu yil oxirigacha "Nexia" va "Spark" ishlab chiqarishni to‘xtatadi. "Cobalt" ishlab chiqarish hajmi esa, aksincha, bir necha barobarga ko'paytiriladi.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin joriy yil oktabr oyida 11 495 dona "Cobalt" avtomobili ishlab chiqarilgani haqida xabar bergan edik

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90707 | Инструменты