Huawei 1
O'zbekistonda yanvar oyida 15 mingdan ziyod yengil avtomobillar ishlab chiqarildi

Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga ko‘ra, avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2025-yilning yanvar oyida yirik korxonalar tomonidan 15 611 dona har xil turdagi yengil avtomobillar ishlab chiqarilgan.

Ularning rusumlar bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha:

Cobalt – 5 660 dona;

Damas – 2 765 dona;

Kia – 1 978 dona;

Onix – 1 462 dona;

Tracker – 1 334 dona;

BYD – 802 dona;

Chery – 594 dona;

Haval – 373 dona;

Maxsus yengil avtomobillar – 643 dona.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin 2024-yilda O'zbekistonga qancha yengil avtomobil import qilingani haqida xabar bergan edik. O‘zbekistonga 2024-yilda eng ko‘p yengil avtomobil import qilgan davlatlar uchligidan Xitoy, Koreya va AQSh o'rin egalladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22415 | Инструменты