Huawei 1
Qo‘qonda birinchi Farg‘ona investitsiya va turizm forumi bo‘lib o‘tadi

2024-yilning 17-18-oktabr kunlari Turizm qo‘mitasi ko‘magida Qo‘qon shahrida “Farg‘ona-vodiy gavhari. Investitsiya va turizm istiqbollari” mavzusida 1-Farg‘ona investitsiya va turizm forumi o‘tkaziladi.

Forumning panel sessiyalari “O‘rda” majmuasida bo‘lib o‘tadi. Ishtirokchilar “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasidagi sanoat korxonalariga ham tashrif buyurib, “Made in Fergana” sanoat va hunarmandchilik ko‘rgazmasi bilan tanishadilar.

Forum O‘zbekiston turizm sohasini rivojlantirish istiqbollari va imkoniyatlarini muhokama qilish, ilg‘or tajribalarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha bilim va tajriba almashish maqsadida yig‘ilgan investorlar, ekspertlar va soha vakillarini uchun o‘ziga xos platforma yaratadi. Mazkur tadbir Qo‘qonning noyob madaniy va tabiiy diqqatga sazovor joylariga ham e’tibor qaratib, ularning ommalashishiga xizmat qiladi. Bundan tashqari, forumda o‘rnatilgan ishbilarmonlik aloqalari qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va mamlakatning turizm infratuzilmasiga sarmoyalarni jalb etishga yordam beradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101716 | Инструменты