Huawei 1
272 nafar shaxs davlat fuqarolik xizmati lavozimlariga tanlovsiz ishga qabul qilingani aniqlandi

788 ta holatda tanlov o‘tkazish tartibiga amal qilinmagan, 272 nafar fuqaro davlat fuqarolik xizmati lavozimlariga tanlovsiz ishga qabul qilingan. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi axborot xizmati rahbari Sevara Zokirova maʼlum qildi.

7 ta holatda kadrlar bo‘yicha rahbarlik lavozimiga nomzod Agentlik bilan kelishmasdan tayinlangan.

644 nafar davlat fuqarolik xizmatchisining mehnatiga haq to‘lashda ularning huquqlari buzilgan.

167 nafar davlat fuqarolik xizmatchisiga mehnat taʼtillarini berishda;

96 nafariga nisbatan intizomiy jazo chorasini qo‘llashda;

4 nafar xodimni ishdan bo‘shatishda qonunchilik talablariga amal qilinmagan.

1438 ta holatda inson resurslarini boshqarishga oid maʼlumotlar va hujjatlar “hrm.argos.uz” elektron platformasi orqali shakllantirilmagan.

O‘rganishlar yuzasidan:

  • 178 ta taqdimnoma kiritilgan;
  • 236 ta maʼmuriy taklif berilgan;
  • 510 ta yozma ogohlantirish xatlari yuborilgan.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101718 | Инструменты