Turkiya kompaniyasi 1 300 nafardan ortiq o‘zbekistonliklarni ishga jalb qiladi. Bu haqda Migratsiya agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Agentlik rahbariyati va Turkiyaning “Kalyon Insaat Sanayi Ve Ticaret A.Ş.” qurilish kompaniyasi vakillari uchrashdi. Tomonlar mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni davom ettirish, fuqarolarni Turkiyadagi qurilish loyihalariga ishga jalb qilish masalalarini muhokama qildi.
Xususan, birinchi bosqichda dekabr oyida 60 nafar fuqaro Turkiyaga jo‘natiladi. Ish beruvchi tomonidan borish va yashash xarajatlari qoplab berilib, uch mahal issiq ovqat, maxsus kiyim hamda himoya vositalari ajratiladi. Shuningdek, yaxshi maosh va mehnat huquqlari kafolatlanadi.
“Turkiyada ishga qabul qilinayotgan o‘zbekistonliklarning mehnat faoliyatini monitoring qilamiz va kelgusi yilning yanvar oyida 1 350 nafar mutaxassisni Turkiya bozorida ish bilan ta’minlaymiz”, — dedi kompaniyaning inson resurslarini boshqarish direktori Akin Kırchichek.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121302 | Инструменты