Huawei 1
Oʻzbekistonda Chevrolet Onix sotuvga chiqarildi

“UzAuto Motors” Oʻzbekistonda Chevrolet Onix yangi sedani uchun shartnoma berish boshlanganini rasman e'lon qildi. 

Avtomobillar komplektatsiyasiga qarab 2 turdagi dvigatel bilan taqdim etiladi:

- 1,2 litrli 132 ot kuchiga ega turbo dvigatel hamda 6 pog'onali avtomat uzatmalar qutisi bilan jihozlangan;

- 1,2 litrli 90 ot kuchiga ega atmosferali dvigatel 5 pog'onalik mexanik uzatmalar qutisi bilan jihozlangan.

Avtomobil 10,9 soniyada 100 km/soat tezlikka erishadi, shu bilan birga aralash siklda 100 km uchun faqat 5,9 l va shahar tashqarisidagi yoʻlda 4,7 l sarflaydi.

Ayni vaqtda Chevrolet Onix avtomobilining quyidagi komplektatsiyalariga buyurtma berish mumkin:

- 1,2 МТ soddalashtirilgan komplektatsiya– 110 000 000 soʻm;

- 1LS 1,2 МТ – 133 040 000 so’m;

- 1LT 1,2 МТ – 138 400 000 so’m;

- 3LT 1.2 МТ – 141 960 000 so’m;

- LTZ 1,2 Turbo AT – 165 180 000 so’m. 

Narxlar QQS siz ko’rsatilgan.


Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90707 | Инструменты