Huawei 1
Yoshlar texnoparklari startapchilari xorijga stajirovkaga yuboriladi

Vazirlar Mahkamasining "Nukus yoshlar texnoparki faoliyatini yana-da takomillashtirish to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.

 Innovatsion rivojlanish agentligiga:

- tegishli hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning yechimiga qaratilgan yangi turdagi mahsulot va texnologik yechimlarning prototiplarini yaratish uchun alohida startap loyihalar tanlovini eʼlon qilish;

- qoida tariqasida, har yili oktyabr oyida Orolbo‘yi mintaqasida ekologik muammolar yechimiga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish yuzasidan konferensiya o‘tkazish vazifasi yuklatildi.

Agentlik tomonidan Nukus yoshlar texnoparki va hududlarda tashkil etilayotgan Yoshlar texnoparklaridagi muvaffaqiyatli startap loyihalar mualliflarini robototexnika, mexatronika, axborot texnologiyalari, sunʼiy intellekt, qurilish va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlari bo‘yicha qisqa muddatli xorijiy stajirovkaga yuborish bo‘yicha tanlov tashkil etiladi.

Shuningdek, hududlarda yoshlar texnoparklarini tashkil etish muddatlari qayta ko‘rib chiqildi: Buxoro, Namangan, Farg‘ona, Xorazm, Jizzax, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida texnoparklar 2024 yilda barpo etiladi.

Endilikda doktoranturaga hujjatlarni YAIDXP orqali xam topshirish mumkin (ilgari - faqat Innovatsiya vazirligining Yagona tizimi orqali).

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91318 | Инструменты