Huawei 1
Birjada 2,5 trln so'mlik tovarlar sotildi, sement, shrot va un narxi pasaydi

O‘tgan hafta davomida, yaʼni 29-iyul – 4-avgust kunlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 2 518,7 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 3,3% ga kamdir. Bunda tuzilgan bitimlarning qariyb 77,4% birja savdolariga, qolgan 22,6% qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri keldi.

Birja savdolari

Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 1 950,6 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotildi, shu jumladan:

Sement

O‘tgan hafta davomida birja savdolari orqali 101 933,0 tonna sement sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 20,4 ming tonnani tashkil qildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda sementning barcha markalari bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 591,8 ming so‘mdan 585,9 ming so‘mgacha pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 64 ta xaridor ishtirok etdi.

Un

Birja savdolarida 5 247,0 tonna un sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 74 ta xaridor ishtirok etdi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 1 049,0 tonnani tashkil qildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda unning kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 3 913,9 ming so‘mdan 3 900,4 ming so‘mgacha pasaydi.

Shrot

O‘tgan haftada birja savdolariga 17 656,0 tonna shrot qo‘yildi va uning 8 971,0 tonnasi, yaʼni 50,8% qismi sotildi. Shrotning o‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 1 794,0 tonnani tashkil qildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda shrotning barcha markalari bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 4 303,0 ming so‘mdan 3 393,0 ming so‘mgacha pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 11 ta xaridor ishtirok etdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91318 | Инструменты