Birjada 3,2 trln so'mlik tovarlar sotildi, sement, shakar va bug'doy narxi pasaydi

25-sentabr - 1-okyabr kunlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 3 259,4 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 20,1% ga kamdir. Bunda tuzilgan bitimlarning qariyb 83,2% birja savdolariga, qolgan 16,8% qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri keldi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 2 713,1 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotildi, shu jumladan:

Sement

O‘tgan haftada birja savdolari orqali 161 484,0 tonna sement sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 32,3 ming tonnani tashkil qildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda sementning barcha markalari bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 659,0 ming so‘mdan 651,2 ming so‘mgacha pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 96 ta xaridor ishtirok etdi.

Shakar

Birja savdolariga 15 500,0 tonna shakar qo‘yildi va uning 2 437,0 tonnasi, yaʼni 15,7% qismi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 53 ta xaridor ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda shakarning barcha kategoriyasi bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 12 199,0 ming so‘mdan 12 195,6 ming so‘mgacha pasaygan.

Bug‘doy

O‘tgan hafta mobaynida birja savdolarida 66 522,0 tonna bug‘doy sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 57 ta xaridor ishtirok etdi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 13 304,0 tonnani tashkil qildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda bug‘doyning kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 2 923,5 ming so‘mdan 2 889,5 ming so‘mgacha pasaydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72709 | Инструменты