Huawei 1
Birjada 3 308,9 mlrd so‘mlik tovarlar sotildi, shakar va bug'doy narxi pasaydi

23-29-sentabr kunlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 3 308,9 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 6,5% ga ko‘pdir. Bunda tuzilgan bitimlarning qariyb 84,0% birja savdolariga, qolgan 16,0% qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri keldi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 1 192,0 mlrd so‘mni tashkil qildi. Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida byudjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 157,5 mlrd so‘mlik mablag‘lari tejaldi.

Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 4 868 ta avtoraqamlar sotildi, sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 22,2 mlrd so‘mni tashkil qildi.

Birja savdolari

Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 2 780,0 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotildi, shu jumladan:

Shakar

O‘tgan haftada birja savdolari orqali 1 787,0 tonna shakar sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 5 ta xaridor ishtirok etdi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 357,0 tonnani tashkil qildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda shakarning kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 12 304,9 ming so‘mdan 12 300,0 ming so‘mgacha pasaydi.

Bug‘doy

Birja savdolarida 75 352,0 tonna bug‘doy sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 15,1 ming tonnani tashkil qildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda bug‘doyning barcha markalari bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 2 436,7 ming so‘mdan 2 360,8 ming so‘mgacha pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 82 ta xaridor ishtirok etdi.

Omuxta yem

O‘tgan hafta mobaynida birja savdolariga 7 086,0 tonna omuxta yem qo‘yildi va undan 436,0 tonnasi, yaʼni 6,2% sotildi. 

Ko‘rib chiqilayotgan davrda omuxta yem bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 2 273,1 ming so‘mdan 1 892,9 ming so‘mgacha pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 6 ta xaridor ishtirok etdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100721 | Инструменты