Huawei 2
Birjada 3,9 trln so'mlik tovarlar sotildi, suyultirilgan gaz, shakar va karbamid narxi pasaydi

O‘tgan hafta davomida, yaʼni 25-31-mart kunlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 3 926,7 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 137,3% ga ko‘pdir. Bunda tuzilgan bitimlarning qariyb 69,9% birja savdolariga, qolgan 30,1% qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri keldi.

Birja savdolari

Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 2 745,2 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotildi, shu jumladan:

Suyultirilgan gaz

Birja savdolariga 13 352,0 tonna suyultirilgan gaz qo‘yildi va uning 8 164,0 tonnasi, yaʼni 61,1% sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 221 ta xaridor ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda suyultirilgan gaz bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 5 087,3 ming so‘mdan 4 964,3 ming so‘mgacha pasaygan.

Shakar

O‘tgan hafta mobaynida birja savdolarida 11 500,0 tonna shakar qo‘yildi va uning 3 086,0 tonnasi yaʼni 26,8% qismi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 46 ta xaridor ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda shakarning barcha kategoriyasi bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 13 583,1 ming so‘mdan 13 412,0 ming so‘mgacha pasaygan.

Karbamid 

O‘tgan haftada birja savdolariga 9 053,0 tonna karbamid qo‘yildi va uning 8 051,0 tonnasi, yaʼni 88,9% qismi sotildi. 

O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 115 ta xaridor ishtirok etdi. 

Ko‘rib chiqilayotgan davrda barcha markali karbamidning kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 3 907,0 ming so‘mdan 3 848,0 ming so‘mgacha pasaygan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga