Birjada bug'doyning narxi 3,52 mln so‘mgacha, suyultirilgan gazning narxi esa 4,64 mln so‘mgacha pasaydi

Joriy yilning 15-21-avgust kunlari "O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi" AJning barcha savdo platformalarida 2 601,8 mlrd so‘mlik tovarlar sotildi. Bu avvalgi haftaga nisbatan 7,7% ga ortiqdir. 

Birja ma'lumotiga ko'ra, bunda sotuvlarning 73,2% - birja savdolari, 26,5% - elektron davlat xaridlari, 0,1% - ko‘rgazma-yarmarka savdolari va 0,2% - avtoraqamlarning onlayn-auksioniga to‘g‘ri keldi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 1 904,2 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotildi. Sotuvchi korxonalar mahsulotlarni tasdiqlangan jadvallarga rioya qilgan holda birja savdolariga qo‘yishdi, shu jumladan:

Bug‘doy

O‘tgan haftada birja savdolari orqali 53 055,0 tonna bug‘doy sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 51 ta xaridor ishtirok etdi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 10 611,0 tonnani tashkil qildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda bug‘doyning kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 3 590,3 ming so‘mdan 3 524,1 ming so‘mgacha, ya’ni 1,8% ga pasaydi.

Suyultirilgan gaz

Birjaning suyultirilgan gaz bozorida narxlar pasayishi qayd etildi. Hafta davomida birja savdolariga 3 156,0 tonna suyultirilgan gaz qo‘yildi va ulardan 3 126,0 tonnasi, ya’ni 99% sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 153 ta xaridor ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda suyultirilgan gaz bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 5 250,1 ming so‘mdan 4 640,7 ming so‘mgacha, ya’ni 11,6%ga pasaygan.

Polietilen

O‘tgan hafta mobaynida birja savdolariga 3 040,0 tonna polietilen qo‘yildi va va ulardan 2 972,0 tonnasi, ya’ni 97,7% sotildi. Polietilenning o‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 594,0 tonnani tashkil qildi. Ko‘rib chiqilayotgan davrda polietilenning barcha markalari bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 18 160,5 ming so‘mdan 14 053,0 ming so‘mgacha, ya’ni 22,6% ga pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 79 xaridor ishtirok etdi.

Avvalroq, 8-14-avgust holatiga ko'ra birjada unning narxi 4 819 so‘mga, paxta yog'ining narxi esa 16 245,5 ming so‘mga pasaygani haqida xabar qilingandi. 1-7-avgust kunlari esa suyultirilgan gaz, katodli mis va bug'doyning narxi pasaygani haqida xabar qilgan edik. Shuningdek, iyul oyida ochiq birja savdolari 184,6 ming tonna g‘alla mahsuloti sotilgandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 71000 | Инструменты