"So'm" muomalaga kiritilganiga bugun 27 yil to'ldi
1994-yilning 1-iyul sanasida milliy valyuta — soʻm muomalaga kiritilgan. Markaziy bank tomonidan 1991-1993-yillar davomida milliy valyutani muomalaga kiritish uchun juda koʻp izlanishlar olib borildi, xorijiy mamlakatlar tajribasi oʻrganilgan. 1993-yilning 15-noyabridan boshlab toʻlov vositasi sifatida “Soʻm-kupon” muomalaga kiritilgan. Pul islohotini amalga oshirish borasida maʼlum tajribaga ega boʻlish uchun “Soʻm-kupon” oʻtish valyutasi sifatida xizmat qilgan.
Ushbu yoʻnalishda yetarli tajriba toʻplangach, 1994-yil 1-iyuldan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasi “soʻm” muomalaga kiritilgan.
Eslatib o'tamiz, yurtimizda joriy yil 14-iyundan boshlab 2000 va 20000 so'mlik kupyuralar muomalaga chiqarilgan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 91405 | Инструменты