Huawei 1
"Kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash" dasturi: rivojlanish va yangi imkoniyatlar

Nukus tumanida qurilish materiali ishlab chiqaruvchi "Samanbay prom stroy" korxonasi kichik biznes uchun ajratilayotgan imtiyozli kredit yordamida o‘z quvvatini ikki baravar oshirishni rejalashtirdi.

– Armatura setkalari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanamiz, – deydi "Samanbay prom stroy" mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Janibek Shepbayev. 

- O‘zsanoatqurilishbank tomonidan tadbirkorlar uchun yaratilayotgan qulay moliyaviy shart-sharoitlar haqida xabar topib, bankdan 100 mln. so‘mlik imtiyozli kredit olishga qaror qildik.Loyihamizga ko‘ra, ishlab chiqarish hajmi 2 baravarga oshadi, qo‘shimcha 10 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Qoraqalpog‘istonda mikro va kichik biznes rivoji

O‘zsanoatqurilishbankning Qoraqalpog‘istonda mikro va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash sa’y-harakatlari har yilgidan faol. Bu borada o‘tgan yil 16 dekabrda Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlarga asosiy e’tibor qaratilmoqda.

Xususan, aholi bandligini ta’minlash va daromadli qilishga qaratilgan ustuvor vazifalari qatorida sinovdan o‘tgan mijozlarni qo‘llab-quvvatlab, ularni kichik va o‘rta biznes darajasiga olib chiqish alohida belgilab olingan.

Shu maqsadda Qoraqalpog‘istonda joriy yilning 18 mart holatiga ko‘ra, 120 ta loyiha moliyaviy qo‘llab-quvvatlandi.
Bank tomonidan "Biznesga birinchi qadam" dasturi asosida faoliyat boshlab, uni muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘ygan va yanada kengayishni maqsad qilgan tadbirkorlarga soddalashtirilgan tartibda 11,8 mlrd. so‘m hajmida kredit mablag‘i ajratildi.

Natijada, uy sharoitida ilk tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan o‘nlab hamyurtlarimiz o‘z biznesini bir pog‘ona yuqoriga olib chiqishga erishmoqda.

Umuman, 2025 yilda bank Qoraqalpog‘istonda mikro va kichik biznesni rivojlantirish uchun qariyb 365 mlrd. so‘m kredit ajratishnirejalashtirgan. Bu hududda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, iqtisodiyotini barqarorlashtirish imkonini beradi.

Bank respublika miqyosida ...

Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash iqtisodiy islohotlarning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, bu jarayonda tijorat banklari, ayniqsa, O‘zsanoatqurilishbank faol ishtirok etmoqda.

Bank tomonidan Prezidentimizning 2024 yil 7 sentyabrdagi "Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash" kompleks dasturini takomillashtirish to‘g‘risidagi qarori asosida "Biznesga omad 2" kredit mahsuloti joriy qilindi. Unga ko‘ratadbirkorlarga 300 million so‘mgacha mablag‘lar soddalashtirilgan tartibda ajratib kelinmoqda.

Mazkur kredit asosan "Biznesga birinchi qadam" dasturi asosida faoliyat boshlab, uni muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘ygan va yanada kengayishni maqsad qilgan tadbirkorlarga mo‘ljallangan. Uning7 yilgacha muddatga, 2 yilgacha bo‘lgan imtiyozli davr bilan taqdim etilishi tadbirkorlarga anchayin yengillik tug‘dirmoqda.

Bank tomonidan 2025 yilda kichik biznesni rivojlantirish uchun 11,6 trln. so‘m miqdorida kredit ajratish rejalashtirilgan. Shundan yanvar-fevral oylarida sohaga 1 226,9 mlrd. so‘m mablag‘ yo‘naltirilib, ushbu davrga mo‘ljallangan reja 118 foizga bajarildi.

Mikro va kichik biznesga yo‘naltirilayotgan kreditlar soha rivojida muhim o‘rin tutmoqda. Bumablag‘lar hisobiga yangi korxonalar ochilmoqda,ishlab chiqarish hajmi ortmoqda. Minglab ish o‘rinlarining yaratilayotgani esa, sohaning ijtimoiy ahamiyatini ham oshirmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 32001 | Инструменты