Huawei 1
OTB: Osiyo mintaqasi iqtisodiyoti joriy yilda 4,2 foizga, kelasi yilda esa 4,6 foizga o‘sadi

Osiyo taraqqiyot banki global prognozlar yomonlashuvini hisobga olgan holda Osiyo va Tinch okeani mintaqasidagi rivojlanayotgan mamlakatlar uchun iqtisodiy o‘sish prognozlarini pasaytirdi.

“Osiyo taraqqiyoti istiqbollari” (ADO) hisobotining navbatdagi qo‘shimchasiga muvofiq, mintaqa iqtisodiyoti joriy yilda 4,2 foizga, kelasi yilda esa 4,6 foizga o‘sadi.

OTB joriy yilda Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi rivojlanayotgan mamlakatlar uchun inflyatsiya prognozini 4,5% dan 4,4% ga pasaytirdi. Biroq, energiya va oziq-ovqat mahsulotlarining inflyatsiya bosimi davom etayotgani sababli bank kelgusi yil uchun prognozini 4% dan 4,2% ga oshirdi.

Prognoz qilinishicha, bu yil  XXR iqtisodiyoti oldingi 3,3% o‘rniga 3% ga o‘sadi. Global o‘sishning sekinlashuvi tufayli kelgusi yil uchun prognoz 4,5% dan 4,3% ga tushirildi. Hindiston YAIM o‘sishi prognozlari ushbu moliyaviy yil uchun 7% foiz darajasida va keyingi moliyaviy yil uchun 7,2% darajasida o‘zgarishsiz qoldirildi.

Prognozlar pasaytirilgan bo‘lsa ham, rivojlanayotgan Osiyo mamlakatlaridagi holat o‘sish va inflyasiya nuqtai nazaridan dunyoning boshqa joylariga qaraganda yaxshiroq bo‘ladi. 

Xususan, Malayziya, Filippin, Tailand va Vetnamda iste’mol va turizmning kuchli tiklanishi tufayli OTBning bu yil Janubi-Sharqiy Osiyo o‘sishi bo‘yicha prognozi 5,1% dan 5,5% ga oshirildi. 

Biroq, kelgusi yil uchun prognozlar zaiflashgan global talab tufayli 5,% dan 4,7% gacha pasaytirildi. Bu yil Kavkaz va Markaziy Osiyo bo‘yicha o‘sish prognozi 3,9% dan 4,8% ga oshirildi. Fijida turizmning faol tiklanishi tufayli Tinch okeani mintaqasi bo‘yicha prognoz 4,7% dan 5,3% ga ko‘tarildi.

Ma'lumot o'rnida, "Osiyo taraqqiyoti istiqbollari" (ADO) har aprel oyida chop etiladi, sentyabrda yangilanadi va qisqacha qo‘shimchalar odatda iyul va dekabr oylarida chop etiladi. Rivojlanayotgan Osiyo mamlakatlari deganda bankning 46 ta rivojlanayotgan a’zo mamlakati nazarda tutiladi. U 1966-yilda tashkil etilgan. Bankning aksiyadorlari 68 ta davlat bo‘lib, ulardan 49 tasi Osiyo-Tinch okeani mintaqasida joylashgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112611 | Инструменты