Huawei 1
Plastik kartangizdan asossiz pul yechib olingan bo'lsa, nima qilish kerak?

Oxirgi paytda plastik kartadagi pulni asossiz yechib olish holatlari ko'p uchramoqda. AOKA da o'tgan brifing davomida esa, aynan mana shu muammolar yuzasidan ayrim tavsiyalar berildi. 

Unga ko'ra, agar sizning plastik kartangizdan asossiz pul yechilgan holat kuzatilsa, darhol plastik karta berilgan tijorat bankiga murojaat qilish kerak. Chunki, birinchi navbatda pul qayerda, qanday yechilgan degan savolga javob topish kerak bo'ladi.  

Oʻzbekiston banklari assotsiatsiyasi axborot xizmati rahbari ma'lumotiga ko'ra, plastik kartadan asossiz pul yechilgan taqdirda, agar siz umuman kredit olmagan bo'lsangiz va hech kimga kafil turmagan bo'lsangiz, tegishli huquqni himoya qilish tashkilotlarga murojaat etish kerak. 

Eng muhimi, plastik karta egasi tezkorlik bilan holat yuzasidan o'z bankiga xabar bersa, natija samaraliroq bo'lardi.

 Bundan tashqari, fuqaro o'z plastik kartasi parolini, shuningdek plastik kartaning 16 raqamli hisob raqamini  hech kimga aytmasligi va bermasligi kerak. Chunki, ba'zan o'zimiz bilmagan holda plastik kartasidan asossiz ravishda pul yechib olishga sababchi bo'lib qolamiz.

Mutasaddi keltirgan misolga ko'ra, bir fuqaro tomonidan kelgan murojaatga ko'ra, uning telefoniga SMS kelgan. “Siz palonchi fonddan pul yutug'iga ega bo'ldingiz. Tabriklaymiz. Plastik kartangiz raqamini aytsangiz, pulni tashlab beramiz,” deyishganda. Murojaatchi xursand bo'lganidan o'ylamay plastik karta raqamini bergan. Va tabiiyki, uning plastigidagi summa yechib olingan.  

"Bunaqa misollar afsuski juda ko'p. Shunday ekan, yana bir bor ta'kidlaymiz bu kabi holatlarga tushmaslik uchun plastik karta raqamini hech kimga bermaslik va ozgina xushyorlik talab etiladi", - deyiladi xabarda.

Izohlar: 44
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122518 | Инструменты