Huawei 1
Anchelotti “Real”ning “Vilyarreal”ga qarshi bahsdagi mag'lubiyati jismoniy holat tufayli emasligini aytdi

Ispaniyaning “Real Madrid” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti La Liga 16-turidan oʻrin olgan “Vilyarreal” (1:2) bilan oʻyindan soʻng oʻz fikrlarini bildirdi.

“Ular bizdan yaxshiroq oʻynashdi. Raqib oʻz ishini yaxshiroq bajarsa, gʻalaba qozonishga loyiqdir. Ular bugun bunga loyiq edi.

Jamoani ancha tetik koʻryapman. Bellashuv natijasi jismoniy holat bilan bogʻliq muammolar tufayli emas. Ikkinchi boʻlimda juda qattiq harakat qildik. Biz oxirigacha kurashdik. Muammo boshqa narsada. Biz uni bartaraf etishimiz kerak, barcha futbolchilarimiz tarkibga qaytganida, menimcha, bu osonroq bo'ladi”, — deydi madridliklar ustozi.

Mavzuga doir:

“Real” qishda yangi futbolchilar sotib oladimi? Anchelotti javob berdi

“Real Madrid” Karlo Anchelotti o'rniga 5 yangi murabbiy nomzodini ko'rib chiqmoqda

Anchelotti Ronaldu, Ibrahimovich kabi hujumchilarning davri o‘tgani va ularning o‘rnini kimlar egallashi haqida gapirdi

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101614 | Инструменты