Huawei 1
“Real Madrid” Karlo Anchelotti o'rniga 5 yangi murabbiy nomzodini ko'rib chiqmoqda

Ispaniyaning “Real Madrid” klubi jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti oʻrniga nomzodlarni koʻrib chiqmoqda.

Taniqli “El Nacional” nashri xabariga koʻra, ayni vaqtda Madrid klubi bosh murabbiyligiga nomzodlar roʻyxatidan rahbariyat “yangi Zidan” sifatida koʻrayotgan “Kastilya” bosh murabbiyi Raul, “Xuvenil A” ustozi Alvaro Arbeloa va “Bayer”ga murabbiylik qilayotgan Xabi Alonso bor. Klub prezidenti Florentino Peres esa xorijlik mutaxassislar orasida Tomas Tuxel va Yulian Nagelsmann variantlarini ham koʻrib chiqmoqda.

Ma’lumot uchun, Anchelottining Madrid klubi bilan amaldagi shartnomasi 2024-yilgacha moʻljallangan. Avvalroq, italiyalik mutaxassis xizmatlariga Braziliya terma jamoasi qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir:

Anchelotti Ronaldu, Ibrahimovich kabi hujumchilarning davri o‘tgani va ularning o‘rnini kimlar egallashi haqida gapirdi

Maradona yoki Messi? Anchelotti qiyin tanlovli savolga javob berdi

Anchelotti o'zining qo‘l ostida o‘ynagan top-5 futbolchilar qaysi ekanligini aytdi

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101616 | Инструменты