“Bavariya” gruziyalik 17 yoshli futbolchini sotib olib, u bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi

Germaniyaning “Bavariya” klubi Tbilisining “Dinamo” jamoasi yarim himoyachisi Luka Parkadzeni sotib olganini eʼlon qildi.

Gruziya U-18 terma jamoasi aʼzosi myunxenliklar bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi. Biroq klub shartnoma tugashining aniq muddatini ma'lum qilmagan. Futbolchi yangi jamoasiga 2023-yilning yozida kelib qoʻshiladi. 17 yoshli futbolchi “Dinamo”ning asosiy jamoasida hali birorta oʻyin oʻtkazmagan. U-18 milliy jamoasida 1 oʻyinda 1 ta gol, U-17da esa 18 bahsda 5 ta gol urgan.

Eslatib o'tamiz, bungacha Myunxen klubi "Renn"dan Matias Tel, "Yuventus"dan Matteys de Lixt, "Liverpul"dan Sadio Mane, “Barselona”dan Adam Aznu, "Ayaks"dan Rayan Gravenberx hamda Nussair Mazraui singari futbolchilarni o'z safiga qo'shib olgan edi. Hozircha, nemis klubi yozgi transferlar oynasida Yevropada eng ko'p pul sarflagan jamoa bo'lib turibdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92108 | Инструменты