Huawei 1
“Barselona” Xavi ishdan bo‘shatilgan taqdirda, uning o‘rniga kimni olib kelishi ma’lum bo‘ldi

Ispaniyaning “Barselona” klubi Xavi ishdan bo‘shatilgan taqdirda kimni bosh murabbiy etib tayinlashi haqida bosh qotirmoqda.

“El Nacional” nashrining xabar berishicha, Qatardagi Jahon chempionatidan keyin Luis Enrike Ispaniya terma jamoasini tark etadi. Shundan so‘ng, u Kataloniyaga qaytishi mumkin. “Barselona”dagilar jamoa Chempionlar Ligasi pley-off bosqichiga chiqish imkoniyatini deyarli yoʻqotib boʻlgan va “El Klasiko”da “Real”ga yutqazgan Xaviga ishonishmayapti.

Luis Enrike 2014-yildan 2017-yilgacha “Barselona”ni boshqargan. Uning asosiy yutuqlari — uchta Ispaniya chempioni unvoni va 2015-yilgi Chempionlar Ligasidagi gʻalaba.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102412 | Инструменты