Futbolchi 60 mln yevroga baholanmoqda
Ispaniyaning “Barselona” klubi kelasi yozda jamoani tark etishi kutilayotgan Serxio Buskets oʻrniga yangi oʻrinbosar topgani ma’lum boʻldi.
Xabarlarga koʻra, “Real Sosyedad” yarim himoyachisi Martin Subimendi “Barselona”ning 2023-yildagi asosiy transfer maqsadi hisoblanadi. Ispaniyalik futbolchi Serxio Busketsga oʻrinbosar sifatida koʻrilmoqda. Futbolchining transfer narxi 60 million yevroni tashkil qiladi.
23 yoshli yarim himoyachi joriy mavsum barcha turnirlarda 16 ta oʻyin oʻtkazib, 1 ta gol va 2 ta assist qayd etgan.
Avvalroq, “Manchester Yunayted” ham Subimendiga koʻz tikayotgani haqida xabar berilgan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 13006 | Инструменты