Huawei 1
29-yanvar kuni O'zbekistonda sodir bo'lgan muhim voqealar dayjesti

Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markazida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi

Markazning eng asosiy qismida Qur’oni karim zali bunyod etilmoqda. Bu yerda musulmon dunyosining ma’naviy durdonasi – qadimiy Usmon Mus'hafi joylashtiriladi. Shuningdek, somoniylar, qoraxoniylar, xorazmshohlar, O‘zbekxon, temuriylar va boshqa tarixiy sulolalar davrida bitilgan muqaddas kitobimiz nusxalari va ularning eski o‘zbek tilidagi tarjimalari qo‘yiladi. Jahondagi eng nodir qo‘lyozma Qur’onlardan namunalar ham o‘rin oladi.

O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot hajmi 6,5 % ga o‘sdi

2024-yilda aholi jon boshiga hisoblangan YAIM hajmi joriy narxlarda 39,1 mln so‘mni tashkil etib, 2023-yil bilan taqqoslaganda 4,4 % ga oshgan.

Rishtonda kulolchilik tarixi muzeyi ochiladi

Muzeyni tashkil etish bo'yicha ishchi guruh tasdiqlandi va uning asosiy vazifalaridan biri etib, muzey konsepsiyasini ishlab chiqish, tasdiqlash hamda muzey faoliyatini yo'lga qo'yish belgilandi.

Tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlari yanada kuchaytiriladi

Unga ko'ra, tergov sudyalari tomonidan jinoyat ishlari bo'yicha sudga qadar ish yuritish bosqichida protsessual qarorlarga sanksiya berish va ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqish masalalarini qonunchilikda belgilash maqsadida tergov sudyalarining vakolatlari jumlasiga kiritilgan ishlarni ko'rib chiqish asoslari hamda tartibini nazarda tutuvchi o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.

Statistika agentligi sohalar kesimidagi o‘rtacha oyliklarni ma’lum qildi

Agentlikka ko‘ra, O‘zbekistondagi o‘rtacha oylik nominal ish haqi 5 mln 357 ming so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 17,4 foizni tashkil qilgan.

Raqobat qo'mitasi: Elektron savdoda ko‘pchilik muammolar maishiy texnika sotuvidan kelib chiqqan

2024-yilda Raqobat qo‘mitasiga elektron tijorat sohasiga oid 1328 ta murojaat kelib tushgan, shulardan 81,9 % (1085 ta) ijobiy hal etilgan, 14,3 % (190 ta) bo‘yicha tushuntirish berilgan. Qayd etilishicha, elektron savdo maydonlarida ko‘pchilik muammolar maishiy texnika sotuvidan (77,9 %) kelib chiqib, asosan nuqsonli tovarlarga bog‘liq ekanligi aniqlangan.

Andijonda kitob o‘qigan onalarga 6 oylik kommunal to‘lovlar to‘lab beriladi

Tuman hokimi tashabbusi bilan 20 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan onalar o‘rtasida “Maʼrifatli ona” tanlovi o‘tkaziladi.

Farmatsevtika sohasidagi startap loyihalarni moliyalashtiradigan venchur jamg'armasi tashkil etiladi

Qarorga ko'ra, farmatsevtika korxonalari faoliyatiga ilg'or standartlarni tatbiq etish bo'yicha marketing va konsalting xizmatlarini ko'rsatishga ixtisoslashgan “Pharm Service” davlat muassasasi tashkil etiladi.

2024-yilda Oʻzbekistonda elektron xizmatlar koʻrsatuvchi xorijiy kompaniyalar qariyb 116 mlrd soʻm soliq toʻladi

Bir yillik hisobotga ko'ra, Meta, Google va Apple eng ko'p soliq to'lagan kompaniya uchligidan o'rin egalladi.

O'zbekistonda Energetika instituti tashkil etiladi

Shavkat Mirziyoyev o‘tkazgan yig‘ilishda Energetika vazirligi qoshida Energetika institutini tashkil etish topshirig‘i berilgan. Institut barcha hududlarda filiallariga ega bo‘ladi. Bu haqda Energetika vaziri ma'lum qildi.

Davlat sirlarini himoyalashda axborotni kriptografik muhofaza qilish dasturiy vositalaridan foydalanish talablari belgilandi

Kiritilgan qo'shimchaga ko'ra, dasturiy axborotni kriptografik muhofaza qilish vositasi (AKMV)dan davlat sirlarini himoyalashda foydalanishga qonunchilik hujjatlari va milliy standartlar, shuningdek, vakolatli organning idoraviy hujjatlari talablari doirasida ruxsat etiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 13019 | Инструменты