Huawei 1
“Bavariya” Chempionlar Ligasida “Real Madrid” o‘rnatgan rekordni yangiladi

Germaniyaning “Bavariya” klubi Yevropa Chempionlar Ligasi guruh bosqichidagi magʻlubiyatsiz seriyasini uzaytirdi.

Yulian Nagelsmann shogirdlari turnirning 3-turida kecha, 4-oktabr kuni “Viktoriya Plzen”ni 5:0 hisobida tor-mor etishdi. Nemis klubi YChL guruh bosqichida oxirgi marta 2017-yilda magʻlub boʻlgandi. Oʻshandan beri 31 ta bahsda 28 gʻalaba va 3 durang qayd etildi. Qolaversa, bu oʻyinlarning barchasida myunxenliklar gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

“Bavariya” bu koʻrsatkich boʻyicha guruh bosqichida 30 ta oʻyinda yutqazmagan “Real”ning rekordini yangiladi. Shuningdek, Myunxen klubi guruh bosqichidagi gʻalabali seriya boʻyicha ham rekordchiga aylandi — 10 ta ketma-ket g‘alaba.

Germaniya chempioni turnirda navbatdagi bahsni ham “Viktoriya”ga qarshi oʻtkazadi. Bellashuv 12-oktyabr kuni Chexiyada boʻlib oʻtadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102406 | Инструменты