Huawei 1
“Bavariya” Chempionlar Ligasini yutishga harakat qiladi, axir eng qiyin guruhda 15 ochko to'pladik”, — Nagelsmann

Germaniyaning “Bavariya” klubi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann “Barselona” ustidan qozonilgan yirik gʻalabadan keyin jamoa Chempionlar ligasi gʻolibligi uchun kurashishi haqida gapirdi.

“Biz Chempionlar ligasidagi eng qiyin guruhda 15 ochko toʻplashga erishdik. Olgʻa borishda davom etamiz. “Bavariya” bu mavsum turnirda gʻolib chiqishga urinib koʻradi.

Guruh gʻolibligi birinchi qadam boʻldi. Chempionlar ligasida gʻolib chiqish uchun hali koʻp muhim qadamlarni tashlashimizga toʻgʻri keladi, muhimi ishonch”, — deydi Nagelsmann oʻyindan keyin.

Maʼlumot uchun, “Bavariya” 5 oʻyinda 5 gʻalabaga erishib, 15 ochko bilan 1-oʻrinda nimchorak finalga yoʻllanma oldi. “Barsa” 4 ochko bilan Yevropa ligasida oʻynaydi.

Mavzuga doir:

Achinarli statistika: “Barselona” “Bavariya” darvozasiga bironta aniq zarba bera olmadi

“Barselona”ni yirik hisobda yenggan “Bavariya” biryo'la 3 rekordni yangiladi

“Mavsum oktabr oyida tugamaydi, hali oldinda yutish mumkin boʻlgan sovrinlar bor”, — Xavi

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102406 | Инструменты