Murabbiy Didye Desham futbolchini xafa qilgan
Fransiya terma jamoasi hujumchisi Karim Benzema bosh murabbiy Didye Deshamning unga munosabatidan norozi ekanligi ma’lum bo'ldi.
“Libertad Digital” nashrining xabariga ko‘ra, Madridning “Real” klubi a’zosi Qatardagi Mundial startidan bir necha kun oldin jarohat olganiga qaramasdan terma jamoa bazasini tark etish istagida bo‘lmagan.
Madrid klubidagilar Benzemaning tuzalishi uchun uch kun kifoya qilganini aytib o‘tgan, hatto u 15-dekabrda “Leganes”ga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida ham ishtirok etgan. Klub vakillarining so‘zlariga ko‘ra, Karim hech qanday jismoniy muammolarni his qilmagan.
34 yoshli hujumchi Desham unga “Afsus, Karim, ketishingga to‘g‘ri keladi”, deganini ta’kidladi. Futbolchi o‘zini Fransiya terma jamoasining bosh murabbiyiga keraksizdek his qilgan. Ma’lumot uchun, Fransiya terma jamoasi ertaga, 18-dekabr kuni Mundial finalida Argentinaga qarshi bahs olib boradi.
Mavzuga doir:
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron JCh-2022 finaliga 3 nafar futbolchining kelishini xohlamoqda
Alpha version: 0.9.1.19 build 112609 | Инструменты