“Biz so'nggi 20 yil ichidagi eng qiyin guruhdan joy oldik”, — Xavi “Bavariya” va “Inter” haqida
Ispaniyaning “Barselona” klubi bosh murabbiyi Xavi jamoaning yangi mavsum Yevropa Chempionlar Ligasidagi ishtiroki hamda maqsadlari haqida fikr bildirdi.
“Biz har qanday raqibni mag'lub etish, ular bilan tengma-teng o'ynab, g'olib bo'lishga harakat qilamiz. Menimcha, biz so'nggi 20 yil ichidagi eng qiyin guruhdan joy oldik, yakunda nima bo'lishi menga qorong'u.
Yoz davomida yaxshi transferlar amalga oshirdik, hozir esa ancha hayajondamiz. Asosiy maqsadimiz — guruhdan chiqish. Qolganiga esa sekinlik bilan, bosqichma-bosqich erishaveramiz” — deydi Xavi.
Ma'lumot uchun, kataloniyaliklar qur'a tashlash marosimida YChL yangi mavsumini “C” guruhida boshlashi aniq bo'ldi. Ushbu guruhda ispanlar “Bavariya”, “Inter” hamda “Viktoriya Plzen” klublari bilan to'qnash keladi.
Avvalroq, “Inter” bosh murabbiyining qur'a tashlash marosimi haqida fikr bildirgani to'g'risida xabar bergan edik.
Mavzuga doir:
Oliver Kan YChL qur'a tashlash marosimida nima sababdan kulganiga izoh berdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121607 | Инструменты