11-dekabr Toshkentdagi “Bunyodkor” stadioni anjumanlar zalida futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining eng yaxshilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unga ko‘ra, quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha futbolchi va murabbiylar yilning eng yaxshilari bo‘lishdi.
Yilning eng chiroyli goli:
So‘rovnoma yakuniga ko‘ra, Metallurg futbolchisi Marko Milichkovichning Paxtakor jamoasi darvozasiga kiritgan goli mavsumning eng chiroyli goli deya eʼtirof etildi.
Superliga to‘purari:
“Paxtakor” futbolchisi Dragan Cheran qatorasiga oltinchi mavsum Superliga to‘purari bo‘lib kelmoqda. Bu mavsum buning uchun unga 13 ta gol kifoya bo‘ldi.
Superliganing eng yaxshi yosh futbolchisi:
“Surxon” klubining 19 yoshli aʼzosi Abdug‘ofur Haydarov eʼtirof etildi.
U elitada 12 bahsda maydonga tushib, 7 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi va Liga talqiniga ko‘ra, yil javohiri nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Yil kashfiyoti:
Samarqandning “Dinamo” klubi yetakchisi Anvarjon Hojimirzayev mavsumning haqiqiy kashfiyoti bo‘ldi. Hojimirzayev ushbu mavsum 10 ta to‘p kiritgan holda Superligada eng ko‘p gol kiritgan o‘zbekistonlik futbolchi bo‘ldi.
Yilning eng yaxshi hakami:
Yilning eng yaxshi murabbiyi Shavkat Nasibullayevga nasib etdi.
Fair-play sovrini:
Ushbu sovrin Olmaliqning OKMK jamoasiga nasib etdi.
Yilning eng yaxshi xorijlik futbolchisi:
Jizzaxning “So‘g‘diyona” klubi aʼzosi Vladimir Yovovich 30 yoshli futbolchi Superligadagi ilk mavsumidayoq 8 ta gol va 8 ta assist qayd etishga erishdi.
Yil murabbiyi:
Qarshining “Nasaf” klubi bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev jamoasini tarixiy chempionlik sari boshlab bordi va yilning eng yaxshi murabbiyi deya eʼtirof etildi.
Yil futbolchisi:
Ushbu nominatsiyaga Qarshining “Nasaf” klubi futbolchisi Akmal Mozgovoy loyiq ko‘rildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122705 | Инструменты