Huawei 1
4-fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan muhim voqealar dayjesti

Petronas egizak minoralari O‘zbekiston bayrog‘i ranglariga burkandi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Malayziyaga rasmiy tashrifi sharafiga dunyodagi eng baland Petronas egizak minoralari O‘zbekiston hamda Malayziya bayroqlari ranglariga burkandi. Bu haqda UZREPORT TV jurnalisti Gulnoza Husanova xabar qildi.

Osh tuzini ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilishga doir talablar belgilanmoqda

Sog‘liqni saqlash vazirligiga qo‘shimcha vakolatlar berildi.

O‘zbekistonda ayrim bojxona yig‘imlari stavkalari pasaytirildi

O‘zbekistonda ayrim bojxona yig‘imlari stavkalari JST talablariga muvofiqlashtirish doirasida pasaytirildi. Xalqaro kurerlik jo‘natmalari uchun yig‘im belgilanadi.

Jizzaxdagi shifoxonada yangi tug‘ilgan egizak chaqaloqning biri o‘g‘irlab ketildi

Xabar berilishicha, ushbu chaqaloq ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan tadbirlar davomida topilgan. Hozirda holat yuzasidan Jizzax shahar prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oziq-ovqat mahsulotlarining iste'mol normalari har 3 yilda qayta ko'rib chiqiladi

Oziq-ovqat mahsulotlarining iste'mol normalari mamlakatning demografik, ijtimoiy va iqtisodiy ko'rsatkichlariga asosan har 3 yilda qayta ko'rib chiqiladi.

Oliy sud: 2024-yilda mingga yaqin hokim qarorlari haqiqiy emas deb topildi

Hokim qarorini haqiqiy emas deb topish bilan bog‘liq ko‘rib tamomlangan ishlar soni 2 720 tani tashkil qilib, shundan jismoniy va yuridik shaxslarning 933 ta arizasi qanoatlantirilgan.

Toshkentda hokim yordamchisi 20 kishi nomiga kredit rasmiylashtirib, pulni ishlatib yuborgani aniqlandi

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Toshkentga yangi 3 ta zamonaviy metro poyezdlari olib kelindi

Joriy yilning fevral oyi davomida yana shu turdagi 3 ta metro poyezdlari olib kelinishi rejalangan.

O'zbekistonda yanvar oyida isteʼmol tovarlari narxi oshdi

2025-yilning yanvar oyida isteʼmol sektoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari o‘rtacha 0,7 % ga qimmatlashgan. Isteʼmol sektoridagi narxlarning yillik o‘sish darajasi 9,9 % ni tashkil etgan.

Toshkent—Andijon va Toshkent—Samarqand pulli yo‘llarining qurilishi qachondan boshlanishi aytildi

Transport vaziri Ilhom Mahkamov ushbu loyihalar xususida maʼlumot berdi.

Toshkent shahridagi bozorlarda kunlik patta narxlari oshadi

Poytaxt bozorlarida savdoning bir talay turlari uchun patta narxi o‘rtacha 20-30 foizga qimmatlashadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20500 | Инструменты