Huawei 1
Futbol tarixidagi eng yaxshi markaziy hujumchilar reytingi e’lon qilindi

"Give me Sport" portali futbol tarixidagi eng yaxshi markaziy hujumchilar reytingini taqdim etdi. Ushbu ro‘yxatga argentinalik Lionel Messi va portugaliyalik Krishtianu Ronaldu kiritilmadi, chunki ular faoliyatining katta qismini boshqa pozitsiyada o‘tkazgan.

Birinchi o‘rinni Braziliya terma jamoasining afsonaviy hujumchisi Pele egalladi. Ikkinchi o‘rinda “Real”ning sobiq hujumchisi Pushkash bo‘ldi. 

Kuchli uchlikni “Bavariya”ning sobiq to‘purari Gerd Myuller yakunladi. 

Top o‘nlikka, shuningdek, Romario, Eysebio, Alfredo di Stefano, Ronaldo, Tyerri Anri, Jimmi Grivz va Ueyn Runi ham bor.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91318 | Инструменты