Kecha, 3 oktyabr kuni O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan futzal bo‘yicha Jahon chempionatining 1-yarim final o‘yini bo‘lib o‘tdi. Final oldidan dastlabki o‘yinda musobaqa favoriti Braziliya terma jamoasi Ukraina ustidan g‘alaba qozondi.
Har ikki jamoa uchun juda qiyin o‘tgan bahsda Amerika qit’asi vakillari 3:2 hisobida zafar quchdi va dastlabki finalchiga aylandi. Ukraina tarkibidagi gollarga Igor Cherniavskyi va Igor Korsun mualliflik qilgan bo‘lsa, Braziliyadan Diyego dubl qayd etdi. Bahsning 21-daqiqasida Rostislav Semenchenko o‘z darvozasini ishg‘ol qildi.
Bugun, 3 oktyabr kuni musobaqaning ikkinchi yarim final bahsida Argentina Fransiya bilan to‘qnash keladi. Bahs Toshkent shahridagi “Humo arena” majmuasida o‘tkaziladi. Uchrashuv 20:00 da boshlanadi.
Jahon chempionatining final va 3-o‘rin uchun o‘yinlari 6 oktyabr kuni o‘tkaziladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122116 | Инструменты