Huawei 1
Futzal: O‘zbekiston FIFA reytingida pastladi

Xalqaro futbol federatsiyasining (FIFA) yangilangan futzal terma jamoalari reytingida O‘zbekiston milliy terma jamoasi 10 pog‘ona pastladi. Bu haqda tashkilot o‘z saytida xabar berdi.

Yangi reytingda o‘zbekistonlik futzalchilar 21-o‘rinni band etdi. Osiyo jamoalaridan Eron va Tailand ham ikki pog‘ona pastladi. Eronliklar hozirda 6-o‘rinni egallagan bo‘lsa, tailandliklar 11-o‘rinda qayd etildi. O‘zbekiston Osiyo jamoalari ichida 3-o‘rinni egallab turibdi.

Reytingni amaldagi jahon chempioni Braziliya terma jamoasi boshqarmoqda. 2021 yilgi mundial g‘olibi hisoblanmish Portugaliya esa 2-o‘rinda qayd etildi. Toshkentda o‘tgan Jahon chempionati finalchisi Argentina terma jamoasi esa ikki pog‘ona yuqorilab, kuchli uchlikka kirib oldi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101221 | Инструменты